Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?


Ayni damda Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etayotganligi sababli, abituriyentlardan oliy ta’limga oid ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Ushbu savollar ichida o‘qishni ko‘chirish, xususan, “Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?” mazmunidagilar ko‘p uchramoqda.

Xo‘sh, Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi va bu jarayonlar qachon boshlanadi?

Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi. Bunda har yili 15-iyuldan boshlab 5-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirish kerak bo‘ladi.

Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish qay tartibda bo‘lib o‘tadi?

Xorijiy mamlakatlarda yoki Respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Keyinchalik, 15-20-avgust oralig‘ida imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, talabalar ro‘yxatdan o‘tib, arizani onlayn tarzda to‘ldirishlari va transkript (yoki zachotka)ni pdf yoki jpg formatda yuklashlari kerak bo‘ladi.

O‘qishni davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish shartlari qanday?

Nodavlat oliy ta’lim muassasasidan davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishning quyidagi 2 xil yo‘li mavjud:

1. Mos va turdosh yo‘nalishlarga: Siz o‘qishingizni O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasi yoki respublikamizdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasining filialidan davlat oliy ta’lim muassasasiga mos yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tsangiz ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshirasiz va maxsus sinov natijasiga ko‘ra o‘qishingizni ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

2. Noturdosh yo‘nalishlarga: Agar Siz o‘qishingizni davlat oliy ta’lim muassasasining turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tsangiz, ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning to‘lovni amalga oshirishingiz lozim bo‘ladi.