My.oliygoh.uz My.oliygoh.uz Hujjat topshirish

Nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish arizalari 10-avgustgacha qabul qilinadi


2026/2027-o‘quv yili uchun respublikadagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabuli 10-avgustga qadar uzaytirildi.

Yangi muddat quyidagi holatlarga tatbiq etiladi:

  • davlat yoki nodavlat OTMdan respublikadagi nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish;
  • bir nodavlat OTM doirasida yo‘nalish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish;
  • nodavlat OTMda o‘qishni qayta tiklash;
  • xorijiy OTMdan respublikadagi nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirish.

Arizalar 2026-yil 10-avgust kuni ham qabul qilinadi.

Ariza qaysi platforma orqali topshiriladi?

O‘qishni ko‘chirish turiga qarab arizalar ikki xil elektron platforma orqali yuboriladi:

  • respublikadagi davlat yoki nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash — transfer.edu.uz orqali;
  • xorijiy oliy ta’lim tashkilotidan o‘qishni ko‘chirish — my.uzbmb.uz orqali.

Talabgor ariza yuborishdan oldin shaxsiy va akademik ma’lumotlari, transkripti hamda tanlagan ta’lim yo‘nalishini diqqat bilan tekshirishi lozim.

10-avgustdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Shu sababli hujjatlarni oxirgi soatlarga qoldirmasdan topshirish tavsiya etiladi.