2026-yilning dastlabki sakkiz oyida 29 548 nafar chet el fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 ming nafarga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich bir yil ichida 2,1 barobar oshgan.
Mamlakatlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yanvar–avgust oylarida 11 986 nafar Turkmaniston fuqarosi O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan.
Ikkinchi o‘rinni 6 163 nafar bilan Hindiston, uchinchi o‘rinni esa 2 271 nafar bilan Tojikiston egallagan.
O‘qish maqsadida kelgan xorijliklar soni mamlakatlar bo‘yicha:
-
Turkmaniston — 11 986 nafar;
-
Hindiston — 6 163 nafar;
-
Tojikiston — 2 271 nafar;
-
Xitoy — 1 311 nafar;
-
Pokiston — 1 252 nafar;
-
Qirg‘iz Respublikasi — 1 028 nafar;
-
Misr — 852 nafar;
-
Koreya Respublikasi — 732 nafar;
-
Filippin — 620 nafar;
-
boshqa davlatlar — 3 333 nafar.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 14 216 nafar xorijiy fuqaro kelgan edi.
Shunday qilib, bir yil ichida ta’lim maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni ikki baravardan ko‘proqqa oshgan.