Talaba qaysi hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:

  • o‘z xohishiga ko‘ra;

  • o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

  • ichki tartib-qoidalar hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

  • bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganda (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

  • to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganida (to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun);

  • sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

  • kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi sud qarorida aniqlansa (bunday hollarda talaba qayta tiklanmaydi);

  • taqdim etilgan hujjatlar qalbakiligi yoki talablarga javob bermasligi aniqlansa;

  • talaba vafot etganida.

Ma’lumot uchun: Talabaga quyidagi hollarda akademik ta’til berilishi mumkin:

  • harbiy xizmatni o‘tash,

  • salomatligini tiklash,

  • homiladorlik va tug‘ish,

  • bolalarni parvarish qilish,

  • oiladagi betob a’zoni (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, farzand) parvarish qilish zarurati bo‘lsa.