My.oliygoh.uz My.oliygoh.uz Hujjat topshirish

Talabalar yotoqxonasiga ariza qabuli boshlandi


Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha arizalar qabuli 1-avgustdan elektron shaklda boshlandi. Talabalar arizani my.gov.uz portali orqali yuborishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, talabalar turar joylaridagi o‘rinlar avvalo imtiyoz va ustuvorlikka ega talabgorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Shundan keyin qolgan joylar umumiy navbat asosida ajratiladi.

Yotoqxona o‘rinlari kurslar bo‘yicha qanday taqsimlanadi?

Bo‘sh o‘rinlarning:

  • 55–65 foizi — 1-kurs talabalariga;
  • 15–20 foizi — 2-kurs talabalariga;
  • 20–25 foizi — 3-kurs va undan yuqori bosqich talabalariga

ajratilishi belgilangan.

Mazkur taqsimot yangi qabul qilingan talabalar uchun yotoqxonadan joy olish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.

Birinchi kursga tavsiya etilganlar qachon ariza beradi?

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy qabul natijalari e’lon qilinganidan so‘ng talabalar turar joyiga ariza yuborishi mumkin.

Arizalar qabuli faqat avgust oyi bilan cheklanmaydi. Elektron ariza topshirish jarayoni o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish avtomatlashtiriladi

Yangi tartib asosida talabalar turar joyiga joylashish va yashash manzili bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish xizmatlari birlashtirildi.

Talaba yotoqxonaga joylashtirilib, elektron shartnoma bo‘yicha to‘lovni amalga oshirgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni avtomatik ravishda boshlanadi.

Jarayon yakunida talabaga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi qayd varag‘i taqdim etiladi.