O‘zbekistonda ilk “Talabalar uyushmasi” tashkil etildi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ilk bor talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish jamiyati — “Talabalar uyushmasi" tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur uyushma talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun keng imkon yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Rivojlangan davlatlarning nomdor oliy ta’lim muassasalarida bunday uyushmalar o‘z zimmasiga ijtimoiy muhitni nazorat qilish, talabalar ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish singari vazifalarni bajaradi.

Mazkur universitetda faoliyat yuritgan ko‘ngillilar endilikda uyushmaga birlashdi. Universitet rahbariyati talabalarning ushbu tashabbusini ijobiy baholadi va ushbu uyushma faoliyatiga yo‘l ochdi.