Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo‘shimcha grant uchun o‘tish ballari


“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun 2024/2025 o‘quv yili uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan edi.

Jami 1 949 ta qo‘shimcha kvota ajratildi, shundan:

  • Kunduzgi: 1 280 ta
  • Sirtqi: 521 ta
  • Kechki: 92 ta
  • Masofaviy: 56 ta

Kvotalar tasdiqlanishi chin yetimlar va patronatdagi bolalar uchun ta’lim olishda yangi imkoniyatlar yaratadi va ularga davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash berilishini ta’minlaydi. Bu esa, ta’lim sohasida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yana bir muhim qadam hisoblanadi.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga ta’lim shakli bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.