Xotin-qizlar tavsiyanomasi bilan grantga kirgan talabalar 4 yil davomida grantda o‘qiydimi yoki kelgusi yilda grant taqsimoti natijasida kontraktga tushib qolishi ham mumkinmi?


Savol: Xotin-qizlar tavsiyanomasi bilan grantga kirgan talabalar 4 yil davomida grantda o‘qiydimi yoki kelgusi yilda grant taqsimoti natijasida kontraktga tushib qolishi ham mumkinmi?

JAVOB: Tavsiyanoma natijasida qo‘shimcha grant o‘rniga tavsiya etilgan talaba xotin-qizlar 4 yil (yoki butun o‘qish davrida) davomida grantda o‘qishadi. Ular o‘zlashtirishidan qat’iy nazar, grant taqsimotida qatnashmaydi.