Ijtimoiy reyestrda turgani uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar o‘qishga kirgandan keyin reyestrdan chiqib ketsa, granti bekor bo‘lmaydimi?


Savol: Ijtimoiy reyestrda turgani uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar o‘qishga kirgandan keyin reyestrdan chiqib ketsa, granti bekor bo‘lmaydimi?

JAVOB: Yo‘q, tavsiyanoma olgandan keyin bo‘ladigan o‘zgarishlar grantga va o‘zi umuman talabaning o‘qishiga ta’sir o‘tkazmaydi. Ya’ni xotin-qizlar tavsiyanoma asosida grantga o‘qishga kirib bo‘lgandan keyin Ijtimoiy reyestrdan chiqib ketsa ham, granti saqlanib qolaveradi.