DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning aytishicha, bu yil bakalavriatga kirish imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan 72 mingdan ortig‘i imtihonlarda qatnashmagan. Ularning puli qaytarib berilishi belgilanmagan.
Rajabovga ko‘ra, maktabni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlardan yig‘ilgan imtihon to‘lovlari summasi 80 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan (ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar to‘lovdan ozod etilgan). Bu mablag‘ doirasida:
- abituriyentlar uchun bosh kiyim (kepka) sotib olingan (10 mlrd so‘m ortiq);
- nazoratchi xodimlarga to‘lov qilingan (kuniga 303 ming so‘mdan, jami 10 mlrd so‘mdan ortiq);
- joylarda kameralar o‘rnatilgan;
- AQShdan test varaqlarini skanerlovchi uskuna sotib olingan.