Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyulga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kun.uz so‘roviga javoban imtihonlar va mandat sanalari hali tasdiqlanmaganini bildirdi.
SSVning ma’lum qilishicha, imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi va abituriyentlar 30 iyuldan boshlab 15 kun davomida yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi.
13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.
7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanib, natijalar 21-22 avgustda e’lon qilinadi