Bilimlarni baholash agentligi bu yil ham qatʼiy maʼlumot berdi:
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Bundan tashqari, jiddiy sabab bo‘lsa ham, imtihonga kelolmagan abituriyent uchun qayta test o‘tkazilmaydi.