2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali (shaxsiy kabinetidan) elektron shaklda apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2025-yil 12-avgustdan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.
Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart.
Eslatma: Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.