Ilk bor ko‘zi ojizlar uchun 10-11-sinf darsliklari chop etilmoqda


Yangi o‘quv yilida ko ‘ zi ojiz o ‘ quvchilar uchun bir qator darsliklar chop etildi.

Bu yil maxsus taʼlim yoʻnalishida imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun 2020-2021-oʻquv yilida 160 nomdagi darsliklar chop etilmoqda. Respublika taʼlim markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, avval hech qachon koʻrish imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun bunday katta hajmda darsliklar chop etilmagan. Ilgari koʻzi ojiz oʻquvchilarimiz uchun chop etilayotgan Brayl darsliklarida rasmlar soʻz orqali ifodalangan. Bu yilgi oʻzgartirishlardan biri, ushbu darsliklarga boʻrtma shakldagi rasmlar va xaritalarni kiritilishidir.

Shuningdek, ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi Brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.