«Yangi O‘zbekiston» universitetida qabul kvotasi e’lon qilindi


«Yangi O‘zbekiston» universiteti iqtidorli yoshlar uchun grantlar taqdim etadi.

Hozirda universitetning yo‘nalishlari va qabul kvotasi ma’lum bo‘lgan:

  • Mexanika muhandisligi (100 o‘rin);
  • Kimyo muhandisligi (100 o‘rin);
  • Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin).
Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  • pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
  • umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
  • Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

«Yangi O‘zbekiston» universitetiga qabul joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.