Maqsadli qabul parametrlarining taqsimoti va tillar kesimidagi davlat buyurtmasi parametrlari 5 kun muddatda tasdiqlanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq:

Davlat komissiyasi tomonidan besh kun muddatda 2021-2022-o‘quv yili uchun:

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimoti;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida 2021-2022-o‘quv yilida davlat buyurtmasi parametrlarini ta’lim tillariga qarab taqsimoti;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi takliflari asosida 2021-2022-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarining kadrlar buyurtmachilari hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlanadi.