Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlandi
Joriy yilning 21 avgust kunidan 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. 26 avgustdan esa ushbu apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlandi.
Jizzaxda oliy ta'lim muassasalari filiallari ochilishi mumkin
“Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida Jizzax viloyatida oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar 1-yo‘nalishda imtihondan yiqilsa, keyingi yo‘nalishlarda umumiy tanlovda qatnashadi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yuliy Yusupov va oliygoh bitiruvchisi O‘zbekistondagi oliy ta'lim inqirozi haqida
Iqtisodchi Yuliy Yusupov o‘zining Facebook sahifasida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muammolariga bag‘ishlangan postini e'lon qildi. Bundan tashqari, u Toshkent farmatsevtika instituti bitiruvchisi tomonidan suratga olingan videolavhaga izoh berdi.
Samarqand davlat universitetida xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti tashkil etildi
Samarqand davlat universitetida yurtimiz tarixida ilk marotaba xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ta'lim beriladigan Xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
«Eski» abituriyentlardan tushgan pullar miqdori 53 milliard so‘m atrofida – DTM
Bu yildan avvalgi yillarda ham hujjat topshirgan abituriyentlardan hujjat qabul qilishda EKIHning yarim baravari (101 ming 365 so‘m) miqdorida to‘lov undirilgan.
Test sinovlari nazoratchilari bir kunlik mehnati uchun qancha olishi aytildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida test sinovlari to‘g‘risida navbatdagi hisobot brifingi bo‘lib o‘tdi.
Test natijalarini qanday bilish mumkin!
29 iyuldan boshlab Respublikamizdagi oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlari bo`lib o`tmoqda. Natijalar 1 kundan keyin Davlat test markazining rasmiy sahifasida e'lon qilinmoqda!
DTM rahbari bilan suhbat: Bu yilgi test jarayonlarida nimalar kutilmoqda?
Bir necha kunlardan keyin O‘zbekistondagi Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Xo‘sh, bu yilgi test imtihonlari shaffofligi qay darajada, qanday ishlar amalga oshirildi, shuningdek, abituriyentlar uchun qulaylik va yangi imkoniyatlar nimalarda aks etadi?
Bakalavr va magistr diplomlarining yangi namunalari tasdiqlandi
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash haqida Hukumat qarori qabul qilindi (607-son, 19.07.2019 yil).