Yana sanoqli kunlardan so‘ng yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 2018-2019-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish ishlari boshlanadi.
Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, bu yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjatlarni topshirish uchun poytaxtga kelishga hojat yo‘q. Buning uchun hududlardagi davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinsa, kifoya.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, hujjat topshirish ishlarini 15-iyundan boshlab O‘zbekistondagi 201ta davlat xizmatlari markazlarining barchasida amalga oshirish mumkin.
Manba: xabar.uz