​Qo‘qonda Toshkent Davlat Texnika Universitetining yangi filiali tashkil etiladi


Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Oliy va o‘rta marta maxsus vazirligining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining telegram kanaliga ko‘ra, hujjatda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialiga 2018/2019 o‘quv yili uchun bakalavriatning 5ta ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotasi 125ta etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Filialning 2018/2019 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Farg‘ona viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) respublika oliy ta`lim muassasalariga 1-ilovada belgilangan ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirib, test sinovi natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan, biroq to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30%dan kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan to‘lov-kontrakt asosida shakllantiriladi.

Farg‘ona viloyati hokimligi respublika oliy ta`lim muassasalaridan Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialiga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta`minlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko‘rishi qayd etilgan.

Manba: kun.uz