“MMFI”ga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun Milliy universitetda 10 oylik tayyorlov kursi tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisga bosh vazir, Davlat komissiyasining raisi Abdulla Aripov raislik qildi. 

Majlis qaroriga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi (I.Madjidov), Moliya vazirligi (A.Haydarov) 2018 yil 1 sentabrga qadar fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega bo‘lgan yoshlarni Rossiya Federatsiyasi “MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti"ga kirish sinovida maqsadli ishtirok etishga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston milliy universitetida 100 nafar tinglovchidan iborat 10 oylik tayyorlov kursi (o‘qitish tili rus tilida) tashkil etish, ushbu kursda tinglovchilarni o‘qitishni moliyalashtirish yuzasidan taklif kiritadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi, tasarrufida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning:

respublika va xorijiy oliy ta`lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta`lim dasturlari, jumladan qo‘shma fakultet doirasida talabalarni qabul qilish tartibi hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini hamkor xorijiy oliy ta`lim muassasasi hamda bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilash;

qo‘shma ta`lim dasturlari bo‘yicha ta`lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalarini hamkor xorijiy oliy ta`lim muassasasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishuv asosida mustaqil belgilash yuzasidan taklifiga rozilik berildi.

Manba: kun.uz