Xalqaro Kimyo Olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari Oʻzbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi


O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi!

Umumiy hisobda:

  • 2 ta oltin medal

  • 2 ta kumush medal

  • Jami: 4 ta medal!

G‘oliblarimiz:

  • Daler Rahimov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi – oltin medal

  • Mirjahon Muxammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi – oltin medal

  • Ibroxim Temurov – Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi – kumush medal

  • Biloliddin Zuxriddinov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi – kumush medal

Avvalgi natijalar bilan solishtirish:

2023-yilda:

  • 2 ta oltin

  • 1 ta kumush

  • 1 ta bronza medal

2024-yilda:

  • 1 ta oltin

  • 2 ta kumush

  • 1 ta bronza medal (56-Xalqaro kimyo olimpiadasi, Saudiya Arabistoni)

Tabrik!

Fan olimpiadalari markazi terma jamoamizni chin dildan tabriklaydi!

MUKOFOT PULLARI

2025-yil 1-iyundan boshlab, xalqaro olimpiadalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga beriladigan bir martalik pul mukofotlari 5 baravar oshirildi.

Quyidagi 5 ta eng nufuzli olimpiadalar uchun amal qiladi:

  • IMO – Matematika

  • IBO – Biologiya

  • IChO – Kimyo

  • IPhO – Fizika

  • IOI – Informatika

Mukofot miqdorlari (bazaviy hisoblash miqdori - 412 000 so‘m):

  • 1-o‘rin: 1 milliard 030 million so‘m (2500 baravar)

  • 2-o‘rin: 618 million so‘m (1500 baravar)

  • 3-o‘rin: 412 million so‘m (1000 baravar)