Toshkent davlat agrar universiteti


Toshkent davlat agrar universitetining shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida - qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930 yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934 yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi. 

1991 yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi. Bunday maqom o‘sha davrdagi MDH dagi 104 ta qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.

Oliy o‘quv yurtining rivojlanish yo‘li mamlakatimizning tarixi, uning qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyoti, madaniyati, oliy ta‘limning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Universitet kichik bir fakultetdan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yirik o‘quv va ilmiy markazga aylandi. Bunga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik, oliy o‘quv yurtida yirik olimlar va yuqori malakali pedagoglarning yig‘ilganligi, ularning sermahsul mehnati sabab bo‘ldi.

Hozirda universitetda quyidagi fakultetlar faoliyat yuritmoqda:

Agrobiologiya

O‘rta Osiyo universiteti tarkibidagi Qishloq xo‘jaligi fakulteti negizida 1930 yil O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti faoliyat boshladi. Shu yili Agronimiya yo‘nalishi tashkil etilgan, xozirgi kunga qadar qishloq xo‘jaligi soxasida yetakchi mutaxassis agronomlarni tayyorlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan Agronomiya fakulteti Agrobiologiya fakulteti deb qayta nomlandi.

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘irisidagi 2004 yil 3 sentyabrdagi 415 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan hamda Selektsiya, urug‘chilik va o‘simliklarni ximoya qilish fakulteti deb nomlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan O‘simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti deb qayta nomlandi.

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 27 avgustdagi 563-sonli farmoyishiga asosan Toshkent davlat agrar universitetida Meva sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyerlash sifatini yanada oshirish maqsadida 2010 yil 1 oktyabrdan Meva-sabzavodchilik va uzumchilik fakulteti tashkil etilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma‘lumaotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘irisidagi" PQ-3704-sonli qaroriga asosan Innovatsion texnologiyalar asosida maxsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti tashkil etildi.

Ipakchilik va tutchilik fakulteti

“Ipakchilik " fakulteti 1979 yili tashkil eitilgan. 1994 yil “Ipakchilik" fakulteti Zootexniya fakulteti bilan qo‘shilib “Zoomuxandislik va ipakchilik" fakultetiga o‘zgargan, O‘zbekiston Respublika Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-son qarorigi asosan “Zootexniya va ipakchilik", O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704-sonli qaroriga asosan Ipakchilik va tutchilik fakulteti deb qayta nomlandi.

O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi “Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqpri malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida "gi 311-son qaroriga asosan “O’rmon xo’jaligi va dorivor o‘simliklar" fakulteti tashkil etilgan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ- 3704-sonli qaroriga asosan O’rmon xo’jaligi va manzarali bog‘dorchilik fakulteti deb qayta nomlandi.

Manzarali bog‘dorchilik kafedrasi

Manzarali bog‘dorchilik kafedrasi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi №311-sonli qaroriga asosan О‘rmonchilik va ekologiya kafedrasi negizida О‘rmon xо‘jaligi va dorivor о‘simliklar fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Ushbu mutaxassislikni bitirganlar shahar obodonlashtirish boshqarmalarida, о‘rmon xо‘jaligi boshqarmasi tizimidagi korxonalarda, tabiatni muxofaza qilish tizimida, korxona va tashkilotlarni hamda avtomobil yо‘llarini kо‘kalamzorlashtirish sohalarida va xalq xо‘jaligining boshqa tizimlarida faoliyat kо‘rsatishlari mumkin.