Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi. Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, quyidagi 3 ta xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtiyozlar belgilandi:
“A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;
“International Baccalaureate” sertifikati (32 va undan yuqori ball) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;
“Scholastic Aptitude Test – SAT” xalqaro imtihonida (eng yuqori ballning 75 foizi – 1200 ball va undan yuqori) — qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ushbu imtiyoz sertifikat berilgan fan kirish imtihonlari tarkibida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi.