Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025–2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan bo‘sh qolgan qismi bo‘yicha qo‘shimcha tanlov e’lon qilindi. Ro‘yxatdan o‘tish 25 noyabrdan 4 dekabrgacha onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Asosiy tartib:
-
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolganlari uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
-
25 noyabr – 4 dekabr kunlari to‘lov-kontraktga tavsiya etilgan abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
-
Ro‘yxatdan o‘tganlarga 2025 yil 11 dekabrga qadar test sinovlari tashkil etiladi.
-
Test sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyentning shaxsiy kabineti orqali bildiriladi.
-
Imtihonda qatnashish uchun ruxsatnoma ham abituriyentning shaxsiy kabineti orqali yuklab olinadi.