Yuridik universitet Yangi Toshkentda zamonaviy kampusga ega bo‘ladi


Prezident farmoni asosida Toshkent davlat yuridik universiteti uchun Yangi Toshkent hududida zamonaviy kampus quriladi. Qurilish loyihasini yakunlash muddati 2028 yil etib belgilangan.

Hujjatda quyidagilar ko‘rsatildi:

  • Yangi Toshkent hududidan universitet kampusi uchun yer maydoni ajratiladi.

  • Yangi kampus o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalarning kundalik hayoti uchun zamonaviy infratuzilmani o‘z ichiga oladi.

  • Qurilish ishlari 2028 yilda tugallanishi rejalashtirilgan.

Jarayonni amalga oshirish tartibi:

  • Adliya vazirligi buyurtmachi bilan hamkorlikda eng maqbul takliflarni tanlab, kampus qurilishiga mas’ul bo‘ladi.

  • Loyihalash, qurilish va moliyalashtirish jarayoniga:

    • xalqaro moliya institutlari,

    • xalqaro, mintaqaviy va xorijiy banklarning imtiyozli mablag‘lari,

    • xorijiy yirik qurilish kompaniyalari jalb etiladi.

Yangi Toshkentda TDYuU kampusining barpo etilishi huquqshunos kadrlar tayyorlash sifati, ilmiy hamkorlik imkoniyatlari va ta’lim muhiti darajasini sezilarli yaxshilashi ta’kidlanmoqda.