O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018-2019 o‘quv yili uchun bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilindi. Universitetga umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to‘g‘risida shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo‘lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadi.
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy 100 nafar, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 30 nafar, oliy jurnalistika kurslariga 6 nafar, umumiy 136 nafar talaba qabul qilinadi. Ulardan 33 tasi grant, 103 tasi shartnoma asosida.
Qabul jarayoni boshqa OTMlardagi kabi 15 iyundan 15 iyulga qadar davom etishi belgilangan edi. Biroq, 15 iyun Hayit bayrami O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 11 iyun kunidagi «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori bilan dam olish kuni sifatida belgilanganligi munosabati bilan hujjatlar 16 iyundan boshlab qabul qilinadi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 2018 – 2019 o‘quv yili uchun qabul Inha universiteti binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, «Ziyolilar» ko‘chasi, 9 –uy.
Qabul kvotalari quyidagicha:
Bakalavr ta’lim yo‘nalishi
«Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar» fakulteti (umumiy 45 nafar ):
Internet jurnalistika yo‘nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
Mediadizayn yo‘nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi – 15 nafar (5 ta grant, 10 ta kontrakt);
Mediamarketing va reklama – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt).
«Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar» fakulteti (umumiy 55 nafar ):
Teleradiojurnalistika yo‘nalishi – 15 nafar (5 ta grant, 10 ta kontrakt);
Sport jurnalistikasi yo‘nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi – 20 nafar (6 ta grant, 14 ta kontrakt).
Magistratura ta’lim yo‘nalishi
«Internet jurnalistika va ijtimoiy» fakulteti (umumiy 12 nafar):
Internet jurnalistika mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
Bosma ommaviy axborot vositalari mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
Noshirlik ishi va muharrirlik mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
Mediamenejment mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt).
«Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar» fakulteti (umumiy 12 nafar):
Xalqaro jurnalistika mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
Axborot xizmatlari texnologiyalari mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
Televidenie va radioeshittirish mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
Siyosiy-huquqiy jurnalistika mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt).
Oliy jurnalistika kurslari (ma’lumoti oliy bo‘lgan mutaxassislar uchun)– umumiy 6 nafar (6 ta kontrakt).
Ma’lumot uchun shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida nomi keltirilgan siyosiy-huquqiy jurnalistika, mediamenejment, internet jurnalistika kabi yangi mutaxassisliklar shu kunga qadar mamlakatimizning hech bir jurnalistika fakultetida mavjud bo‘lmagan, mutlaq yangi va zamon talabidagi mutaxassisliklar deya e’tirof etilmoqda.
Manba: xabar.uz