6-sabab
Naʼmunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda - bundan ko‘rinib turibdi-ki, siz o‘qiyotgan va ko‘chirmoqchi bo‘lgan taʼlim yo‘nalishlarida fanlardagi farqlar 4 tadan oshsa o‘qishni ko‘chirishi rad etilishi mumkin. Bunday holatlar noturdosh taʼlim yo‘nalishlarda ko‘p uchraydi, shu sababli ham noturdosh taʼlim yo‘nalishi uchun o‘qishni ko‘chirish har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi.
Mos yoki turdosh taʼlim yo‘nalishlarga o‘qishga ko‘chirishda fanlardagi farqlar 4 tadan oshsa, kurs masalasida pasayish holatlari kuzatiladi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda - agarda siz o‘qiyotgan taʼlim yo‘nalishingizda belgilangan kontrakt miqdorini o‘z vaqtida to‘lamagan bo‘lsangiz ham o‘qishingiz ko‘chirilishi rad etilishi mumkin. Yaʼni siz kontraktdan qarzdor bo‘la turib o‘qishni ko‘chira olmaysiz.
Qarzdorligingiz mavjud bo‘lmay, o‘qishingizni ko‘chirsangiz va u yerda belgilangan miqdordagi kontrakt to‘lovini to‘lamasangiz ham o‘qishingiz ko‘chirilishi rad etilishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.