Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun onlayn ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu jarayon ikki asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. my.uzbmb.uz orqali topshiriladigan arizalar
Quyidagi holatlarda o‘qishni davlat OTMlariga ko‘chirish uchun ariza berish mumkin:
-
Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan, jumladan:
-
Talaba hattoki reytingda TOP-1000 talikka kirgan nufuzli universitetlardan ham.
-
-
O‘zbekistondagi nodavlat (xususiy) OTMlardan.
-
Xorijiy universitetlarning O‘zbekistondagi filiallaridan.
Ariza topshirish manzili: https://my.uzbmb.uz/service/41
2. transfer.edu.uz orqali topshiriladigan arizalar
Bu platforma faqat quyidagi holat uchun mo‘ljallangan:
-
O‘zbekistondagi bir davlat OTMidan boshqa davlat OTMiga o‘qishni ko‘chirish.
Ariza topshirish manzili: https://transfer.edu.uz
Muhim sanalar
-
Ariza topshirish boshlangan sana: 15-iyul
-
So‘nggi muddat: 5-avgust (shu kuni ham ariza topshirish mumkin)
Ariza topshirish uchun atigi 22 kun vaqt ajratilgan. Belgilangan muddatdan keyin hujjatlar qabul qilinmaydi.
E’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar
-
Ariza faqat onlayn tarzda topshiriladi.
-
Har bir platforma faqat o‘ziga tegishli holatlar uchun ishlaydi.
-
Universitetlararo o‘qishni ko‘chirishda ta’lim yo‘nalishining mos yoki turdosh bo‘lishi talab etiladi.
-
Qo‘shimcha hujjatlar, sinovlar yoki suhbatlar talab qilinishi mumkin (buni har bir OTM o‘zi belgilaydi).