O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi


Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Imtihonda qatnashish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan olish mumkin.

Kasbiy (ijodiy) va test sinovi o‘tkaziladigan joy, sana hamda vaqt ruxsatnomada ko‘rsatiladi.

Test sinoviga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelish lozim.

ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham qatnashishi shart. Aks holda, kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari hisobga olinmaydi.