O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilindi


Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 18–19-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari, kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytida joylashgan “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan bilib olishlari mumkin. Buning uchun:

  • Pasport seriyasi va raqamini,

  • Shaxsiy identifikatsiya raqamini (PINFL) kiritish kifoya.

Ushbu jarayon orqali abituriyentlar o‘z o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga yoki xorijdan qayta tiklash imkoniyatini rasmiy natijalar asosida kuzatib borishlari mumkin.