Bakalavriat, magistratura va maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalarni qabul qilish kvotasi deyarli 8500 taga ko‘paydi. Sirtqi va kechki bo‘limlarga qabul kvotalari keyinroq e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 4-iyun kuni qabul qilingan qaror bilan 2018-1019 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul kvotalarni tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24" telekanali “Axborot 24" dasturi xabar qildi.
Umumiy qabul kvotasi deyarli 8500 nafar talabaga ortdi - 78701 (davlat grant bo‘yicha - 19725, shartnoma asosida - 58976) dan 87165gacha (19240, 67925).
Bakalavriatning kunduzgi bo‘limlarida o‘tgan yilgiga nisbatan 1714 nafar ko‘proq talaba qabul qilinadi - 69460 (o‘tgan yili - 67746), shu jumladan grant bo‘yicha - 17669 (18154), shartnoma bo‘yicha - 51791 (49592) shartnoma.
Magistratura bosqichiga qabul qilish darajasi deyarli 1000 taga ko‘payib 5940 ga (5000) yetdi, 1556 grant (o‘zgarishsiz), shartnoma bo‘yicha - 4384 (3444).
Bakalavrlarni maxsus sirtqi bo‘limlarga qabul qilish kvotasi deyarli ikki barobarga oshdi, ya’ni 11765 talaba (o‘tgan yili - 5955), shu jumladan 15 grant (o‘zgarishsiz) va 11750 (5940) to‘lov asosida.