Oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasiga qarashli jami 10 ta oliy harbiy ta'lim muassasasida test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom" asosida amalga oshirildi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga xujjat topshirgan 7680 nafar abituriyent test sinovlariga ishtirok etdi. Ushbu muhim tadbirda 838 nafar davlat test markazi vakillari va auditoriya nazoratchilari jalb etildi. Test sinovlari barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarida amaldagi tartibda belgilangan vaqtda boshlandi va yakunlandi.

Manba: DTM Axborot xizmati