Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ushbu fan o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanadi hamda natijaga qarab sertifikat beriladi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Baholash natijasiga ko‘ra, o‘qituvchilar quyidagi darajalarga ajratiladi:

  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar.

Amaliy (ijodiy) va test sinovlarining o‘rtacha ballari asosida:

  • 70 va undan yuqori – A+

  • 65–69,9 – A

  • 60–64,9 – B+

  • 55–59,9 – B

  • 50–54,9 – C+

  • 46–49,9 – C

B+ va undan yuqori darajali sertifikatga ega o‘qituvchilarga oylik maoshga ustama belgilanadi.