Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim to‘rt yildan uch yilga qisqardi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2018-1019 o‘quv yilida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul kvotalarni tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq “Maktabgacha ta’lim" (bakalavr) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim to‘rt yildan uch yilga qisqardi. Bunday muddat xorijiy tajribani hisobga olgan holda va xodimlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida belgilanadi. Yangi malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilmoqda. Bunda mustaqil ta’lim olishga asosiy urg‘u qaratilmoqda..