Prezident farmoyishiga binoan, magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan qoplab beriladi. Ushbu imtiyoz 2025-yilda ham davom etadi va hech qanday qaytarish shartlari qo‘yilmaydi.
Kontrakt to‘lovini olish uchun nima qilish kerak?
Kontrakt pullari to‘lab berilishi uchun magistratura talabasi bo‘lgan xotin-qizlar quyidagi tartibga amal qilishlari zarur:
Har yili 15-sentyabr sanasigacha o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza yozib topshirish kerak.
Eslatma: belgilangan muddatdan kechikkan arizalar qabul qilinmaydi va kontrakt to‘lab berilmaydi.
OTM rahbariyati barcha arizalarni yig‘ib, tegishli vazirliklarga yuboradi.
OTM rektorlari 15-oktyabrgacha kontrakt pullarini to‘lab berish haqida buyruq chiqaradi.
Ma’lumot o‘rnida: magistraturaga kirish uchun chet tili bo‘yicha sertifikat topshirish majburiy hisoblanadi.
Prezident farmoyishiga asosan, magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat hisobidan qoplab beriladi. Buning uchun belgilangan muddat ichida ariza topshirish juda muhim. Imtiyozdan to‘liq foydalanish uchun barcha tartiblarga amal qilishingiz kerak.