Jizzax shahrida tashkil etilgan “Sambhram" universitetida kontrakt narxlarining summachasi qancha?


Xabaringiz bor, hukumatning 29.06.2021 yildagi 401 sonli qaroriga asosan bilan Jizzax shahrida “Sambhram" universiteti tashkil etilgan edi.

“Sambhram" universiteti (Hindiston) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biridir.

Universitetda o‘qitish kunduzgi taʼlim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetda kontrakt narxlari hozirgi kunda quyidagi ko‘rinishda:


N Dastur nomi Davomiyligi

Bir semestr uchun kontrakt summasi (so‘m)

1 International Foundation Program in Engineering (IFPE) 6 oy 8,500,000
2 International Foundation Program in Management (IFPM) 6 oy 8,500,000
3 B.Tech in IT (BEIT) 4 yil (8 semestr) 14,000,000
4 B.Sc in IT (BSIT) 3 yil (6 semestr) 12,000,000
5 BBA 3 yil (6 semestr) 12,000,000
6 M.Sc in IT 2 yil (4 semestr) 16,000,000
7 MBA 2 yil (4 semestr) 19,000,000