Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 1320 ta davlat granti taqdiqlandi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 1320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida kirish uchun ariza topshirgan yoshlar quyidagicha imkon yaratildi: tavsiya etilgan yoshlar ortiqan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son (24.05.2025-yil holatiga muvofiq) belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.

O‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga ko‘ra davlat granti taqsimlanib, belgilangan tartibda tasmaylashtirilish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-o‘quv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ham to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI VA FILIALLARIDA GRANT O‘RINLARI TAQSIMOTI

2025/2026-o‘quv yili

Jami grant o‘rinlari: 1320

  • Respublika bo‘yicha jami: 1320
  • Xorijiy OTM va filiallar jami: 840

XORIJIY OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI VA FILIALLARI:

1. G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali - 50 ta

  • Iqtisodiyot - 10
  • Boshqaruv - 20
  • Innovatsiya - 20

2. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti - 130 ta

  • Mexanika muhandisligi (Mashina muhandisligi) - 20
  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter muhandisligi) - 20
  • Qurilish muhandisligi - 15
  • Dasturiy injiniring (Dasturiy ta’minot muhandisligi) - 25
  • Arxitektura (Arxitektura va dizayn) - 20
  • Biznesni boshqarish (Biznes boshqaruvi bakalavri) (Industrial management) - 30

3. Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti - 60 ta

  • Biznesni boshqarish - 20
  • Iqtisodiyot - 10
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari - 20
  • Moliya - 10

4. Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti - 40 ta

  • Kompyuter savodxonligi (Sun’iy intellekt) - 10
  • Biznes iqtisodiyoti - 10
  • Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik menejmenti - 5
  • Moda mahsuloti va uning targ‘iboti - 5
  • Kadrlar boshqaruvida menejment - 5
  • Loyiha boshqaruvi - 5

5. Toshkent shahridagi Inha universiteti - 90 ta

  • Kompyuter va dasturiy injiniringi - 50
  • Biznes va logistika - 40

6. Toshkent shahridagi Adju universiteti - 120 ta

  • Qurilish muhandisligi - 30

7. Qo‘qon universiteti - 40 ta

  • Kompyuter injiniringi - 10
  • Turizm va mehmondo‘stlik - 10
  • Kiberxavfsizlik injiniringi - 10
  • Maxsus pedagogika - 5
  • Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) - 5

8. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti - 40 ta

  • Elektrotexnika - 10
  • Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) - 15
  • Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) - 15

9. Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti - 25 ta

  • Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha) - 10
  • Kompyuter injiniringi - 5
  • Mexatronika va robototexnika - 10

10. Central Asian university - 20 ta

  • Arxitektura va dizayn - 10
  • Sanoat muhandisligi - 10

11. Turan International University - 15 ta

  • Logistika - 5
  • Biologiya - 10

12. Urganch Ranch texnologiya universiteti - 15 ta

  • Texnologik mashinalar va jihozlar (Mashinasozlik va metallga ishlov berish bo‘yicha) - 5
  • Transport vositalari muhandisligi - 5
  • Arxitektura - 5

13. Yangi asr universiteti - 20 ta

  • Matematika - 10
  • Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) - 5
  • Dasturiy injiniring - 5

14. EMU - 10 ta

  • Stomatologiya - 5
  • Davolash ishi - 5

15. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi - 20 ta

  • Inson resurslarini boshqarish - 5
  • Hayot faoliyati xavfsizligi - 5
  • Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi - 5
  • Psixologiya - 5

16. TMC instituti - 20 ta

  • Psixologiya - 5
  • Transport logistikasi - 15

17. British management university - 30 ta

  • Logistika va ta’minot zanjirini boshqarish - 10
  • Raqamli marketing va elektron biznes - 10
  • Loyiha boshqaruvi bakalavriati (BBA) - 10

18. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti - 20 ta

  • Arxitektura va shaharsozlik - 5
  • Qurilish muhandisligi - 5
  • Qayта tiklanuvchi energiya manbalari - 5
  • Mexatronika tizimlari muhandisligi - 5

19. Oriental universiteti - 15 ta

  • Matematika - 10
  • Dasturiy injiniring - 5

20. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti - 25 ta

  • Matematika - 10
  • Dasturiy injiniring - 5
  • Sun’iy intellekt - 5
  • Logistika - 5

21. Mamun universiteti - 10 ta

  • Axborot tizimlari va texnologiyalari - 5
  • Matematika - 5

22. Diplomat universiteti - 20 ta

  • Iqtisodiyot - 5
  • Biznesni boshqarish - 5
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari - 5
  • Xalqaro munosabatlar - 5

23. Turon universiteti - 10 ta

  • Biologiya - 5
  • Kimyo - 5

24. Tashkent international university - 20 ta

  • Dasturiy injiniring - 5
  • Kiberxavfsizlik injiniringi - 5
  • Kompyuter injiniringi - 5
  • Psixologiya - 5

25. Amerika texnologiyalar universiteti - 20 ta

  • Dasturiy ta’minot muhandisligi - 10
  • Sanoat muhandisligi - 10

26. Acharya universiteti - 10 ta

  • Texnologiyalar bakalavri (B.Tech.) - 5
  • Kompyuter dasturlari bakalavri (BCA) - 5

27. Turkiy davlatlar xalqaro universiteti - 50 ta*

*Izoh: Turkiy davlatlar xalqaro universiteti uchun ajratilgan 50 ta grant o‘rinlari faoliyati litsenziyalangandan so‘ng, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqsimlanishi taklif etiladi.