Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi


2022 yil 16 dekabrda Ivan Mixaylovich Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Buxorodagi hududiy tayyorlov bo‘limining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida zamonaviy va yorug‘ o‘quv xonalar tashkil etilishi barobarida zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyasi ochildi. Laboratoriya barcha zarur asbob va jihozlar bilan to‘liq taʼminlangan.  

O‘quv muassasasida HTB filiali uchun 4-qavat binosi rekonstruksiya qilindi. Fizika, matematika, rus tili kabinetlari, mustaqil taʼlim xonasi, o‘qituvchi va metodistlar xonasi to‘ldirildi.

Barcha o‘quv xonalari va kabinetlar zamonaviy partalar, mebel va zarur narsalar bilan jihozlangan.

Bu yerda umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflari, akademik lisey, kasb-hunar kolleji va texnikumlar o‘quvchilari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bepul tayyorlov kurslari tashkil etiladi. Tinglovchilarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi.

Taʼkidlash joizki, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiya Federasiyasining tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan. Ushbu loyiha I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga o‘qishga kirishni xohlovchilar uchun noyob imkoniyat yaratadi.