Prezident qarori bilan O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etildi. Yangi ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi va Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida yuritadi.
Universitetda kadrlar tayyorlash quyidagi bosqichlarda yo‘lga qo‘yiladi:
-
dastlab magistratura bosqichi ochiladi
-
keyinchalik bakalavriat va doktorantura bosqichlari joriy etiladi
-
abituriyentlar uchun tayyorlov kursi tashkil etiladi
Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga:
-
O‘zbek–Fransuz universiteti diplomi
-
va/yoki konsorsiumga kiruvchi Fransiya universitetlaridan birining, Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturi bo‘yicha diplomi beriladi.
Berilgan diplomlar O‘zbekiston hududida tan olinadi.