DTMda javoblar varaqalarini tezkor o‘qiydigan texnika vositalarini o‘rnatish ishlari boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16-noyabrdagi 3389-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3-apreldagi 261-son qarorida test sinovi natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Amerika qo‘shma shtatlarining “SCANTRON" korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 dona “iNSIGHT 150" optik skaneri xarid qilindi va Davlat test markaziga olib kelindi.

Hozirgi kunda “SCANTRON" korporatsiyasi mutaxassisi tomonidan mazkur texnika vositalarini o‘rnatish, aprobatsiyadan o‘tkazish va Davlat test markazi mutaxassislarini yangi avlod optik skanerining ishlash prinsipi, tartibi bilan tanishtirish ishlari olib borilmoqda.

Test javob varaqalarini o‘qishda ishlatiladigan ushbu scanerning ishlashi bilan quyidagi videoda tanishing.