Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun 2024-2025 o‘quv yili uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan edi.
Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 742 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan edi.
Imtiyozdan foydalanish shartlari
-
Minimal ball: Abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi lozim. 68 dan past ball to‘plagan abituriyentlarga mazkur imtiyoz tatbiq etilmaydi.
-
Qo‘shimcha kvota doirasi: Imtiyoz faqat birinchi tanlov yo‘nalishi uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi. Biroq abituriyentlar beshta yo‘nalishni tanlash huquqiga ega bo‘lishadi.
-
Umumiy kvotada ishtirok: Abituriyent birinchi tanlov yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli kvotaga kira olmagan taqdirda, o‘z balli bilan umumiy kvotada raqobatlashadi.
Tanlov va kurash tartibi
Bojxona organlari xodimlarining farzandlari imtiyozli kvotada ham o‘zaro to‘plagan ballari asosida bellashadi. Yuqori ball to‘plaganlar ustunlikka ega bo‘ladi.
Eslatma: Imtiyozli kvota faqat birinchi tanlov yo‘nalishiga tegishli bo‘ladi. Agar abituriyent ushbu yo‘nalish bo‘yicha ajratilgan qo‘shimcha kvotaga kira olmasa, u holda umumiy asosda o‘z balli bilan kurashishda davom etadi.
Har bir oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotalar soni va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.