DTM test natijalarini bilish yo‘llari


2022-yilgi imtihonlar uchun quyidagi maqola bilan tanishing:

DTM test natijalarini qanday bilish mumkin?

2020-yilgi imtihonlar uchun quyidagi maqola bilan tanishing:

DTM test natijalarini qanday bilish mumkin?


DTM.uz sayti orqali (2019-yil uchun)

Test topshirgan abituriyentlar oʻz ballarini test topshirgan kunining ertasigayoq cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib bilishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kerak boʻladi.

2019-yildan boshlab ballarni eʼlon qilishda juda katta innovatsion oʻzgarishlar boʻlgan.

Birinchidan, abituriyentning javoblar varaqasi skaneri ham joylanmoqda. Haqiqatdan oʻziniki ekanligini koʻra oladi, ortiqcha savollar qolmaydi.

Ikkinchidan, qaysi savolga toʻgʻri, qaysi savolga notoʻgʻri javob berganini koʻra oladi. Bu ham katta oʻzgarish.

Buning uchun dtm.uz saytiga tashrif buyurish va “Test natijalari" bo‘limini tanlash kerak. Test natijalari chiqqach, saytning ushbu bo‘limi ishlay boshlaydi va DTM varog‘idagi ma’lumotlarni kiritib, bu yerdan javoblarni olish mumkin.


Ta’kidlab o‘tish kerak, natijalar chiqqan kunlarda saytning ishlashi qiyinlashadi. Bu albatta, juda ko‘pchilikning tashrifi bilan bog‘liq.

Xizmatdan bepul foydalaniladi.

Bundan tashqari mandat.dtm.uz saytida barcha abituriyentlarning ballari ochiq va shaffof eʼlon qilinmoqda. 

Yaʼni Siz oʻz yoʻnalishingizni tanlab, Sizning raqiblaringiz necha ball olganini, Siz nechanchi oʻrinda turganingizni, kirish uchun imkoniyatlaringiz qay darajada ekanligini mandatni kutib oʻtirmasdanoq bilishingiz mumkin.

Ushbu saytda barcha abituriyentlarning ism-familiyasi, test topshirgan kuni hamda ballari koʻrsatilmoqda.

Abituriyentlar juda koʻp berayotgan savollardan biri, oʻzimizning balimizni ertasi kuni bilyapmiz, ammo qolganlarning balini bilmaymizku, toki mandat chiqqungacha DTMda oʻzgartirib qoʻymasligiga kim kafolat beradi, degan mazmunda edi.


SMS orqali (2018-yil va avvalgi yillarda)

Ucell, Beeline, Uzmobile va Perfectum Mobile abonentlari 5100 raqamiga javoblar varog‘i nomerini SMS shaklida yuborish mumkin va test natijasini olish mumkin.

Bunda SMS narhi quyidagicha:

- 5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS — bepul;
- 5101 raqamidan kelgan har bir SMS — 75 sent.

Javob esa quyidagicha keladi:

N: XXXXXXX 
OTM: Oliy ta’lim muassasi nomi 
BALL: 167 (10*1,1+30*2,1+30*3,1) 
Siz davlat GRANTi asosida talabalikka tavsiya etildingiz. 

Shuningdek 5100 raqamiga javoblar varog‘i nomerini oldiga "B" harifini qo‘yib yuborish orqali Siz o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha o‘tish balli haqidagi ma'lumotga ega bo‘lasiz. Bu xizmat ham pullik.

5100 raqamiga SMSni natijalar hali chiqamasidan avval ham jo‘natish mumkin. Natijalar chiqqach esa javob SMSi keladi.

️Click orqali

Ushbu xizmat Click orqali avval ham taqdim etilgan va yaxshi ishlagan. 2017-yilda ham foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun telefoningizdan *880# USSD buyrug‘ini jo‘natishingiz va “DTM-2017" bandini tanlashingiz kerak. Shundan so‘ng, javoblar varog‘i raqamini kiritasiz va hisobingizdan 2000 so‘m to‘lab, natijalarni olishingiz mumkin.

️Telegram BOTlar orqali

Click’ning Telegram messenjeridagi @dtmbot yoki @dtmrobot BOTlari yordamida ham test natijalarini bilib olish mumkin.

Buning uchun Telegram’dan shu BOTlarni izlaysiz, Start buyrug‘ini yozib, o‘zingizga ma’qul tilni tanlaysiz. Qolganini BOTning o‘zi tushuntiradi.

Ushbu xizmat ham pullik bo‘lib, Click orqali 2000 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.

Javoblar rasman elon qilinganda bevosita oliygohga tashrif buyurgan holda

Agar yuqoridagi usullardan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmasa yoki ular orqali olingan javoblarga ishonmasangiz javoblar rasman elon qilingan kundan boshlab oliygohlar hududida joylashgan axborot doskalaridagi test natijalarini bevosita borib ko‘rishingiz mumkin.