Bojxona xodimlari farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha grant uchun o‘tish ballari


O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari xodimlarining farzandlari uchun 2 foizlik qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota ajratilgan. Ushbu imtiyoz doirasida 2024-2025 o‘quv yili uchun respublika bo‘yicha jami 697 ta qo‘shimcha kvota berilgan edi.

Imtiyozdan foydalanish shartlari

  • Minimal ball: Abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi lozim. 68 dan past ball to‘plagan abituriyentlarga mazkur imtiyoz tatbiq etilmaydi.

  • Qo‘shimcha kvota doirasi: Imtiyoz faqat birinchi tanlov yo‘nalishi uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi. Biroq abituriyentlar beshta yo‘nalishni tanlash huquqiga ega bo‘lishadi.

  • Umumiy kvotada ishtirok: Abituriyent birinchi tanlov yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli kvotaga kira olmagan taqdirda, o‘z balli bilan umumiy kvotada raqobatlashadi.

Tanlov va kurash tartibi

Bojxona organlari xodimlarining farzandlari imtiyozli kvotada ham o‘zaro to‘plagan ballari asosida bellashadi. Yuqori ball to‘plaganlar ustunlikka ega bo‘ladi.

Eslatma: Imtiyozli kvota faqat birinchi tanlov yo‘nalishiga tegishli bo‘ladi. Agar abituriyent ushbu yo‘nalish bo‘yicha ajratilgan qo‘shimcha kvotaga kira olmasa, u holda umumiy asosda o‘z balli bilan kurashishda davom etadi.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan kvotalar soni va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.

Davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlariga nisbatan bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, ish jarayonidamaʼlum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarningfarzandlari uchun qoʻshimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining oliy taʼlim muassasalari kesimidagi TAQSIMOTI