Abituriyentlar test sinoviga nimalar olib kirishi mumkin?


Yozgi test mavsumi yaqinlashar ekan, abituriyentlar nafaqat o‘z bilimini, balki imtihon jarayonida amal qilinadigan tartib va qoidalarga bo‘lgan e’tiborini ham sinovdan o‘tkazadi.

Test topshirish jarayonida ba’zi narsalarni o‘zingiz bilan olib kirish mumkin bo‘lsa, ayrimlari esa qat’iyan taqiqlanadi. Quyida test sinovlariga ruxsat etilgan va taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan tanishing.

Test topshirish hududiga faqatgina zarur va ruxsat etilgan buyumlar bilan kirish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat — bu ID karta yoki pasport bo‘lishi shart;
  • abituriyent ruxsatnomasi — test topshirish joyi va vaqtini ko‘rsatib beruvchi hujjat;
  • kepka yoki panama;
  • oddiy qo‘l soati — (elektron smart-soat mumkin emas);
  • optik koʻzoynak — ( boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);
  • pul, dastro‘mol va kalit.

Imtihon jarayonining xolis va halol o‘tishini ta’minlash maqsadida quyidagi buyumlarni olib kirish qat’iyan taqiqlanadi:

  • mobil telefon, planshet, smart-soat yoki boshqa har qanday elektron qurilmalar;
  • shpargalkalar, kalkulyatorlar va shu kabi yordamchi vositalar;
  • ruchka, suv, qoralama qog‘oz — bu vositalar test markazida taqdim etiladi;
  • Mendeleyev jadvali yoki fizik kattaliklar jadvali — ichkarida beriladi;
  • tibbiy niqob — kirishda maxsus yangisi taqdim etiladi;
  • mashina kaliti yoki pulti — kirish postida topshiriladi va testdan so‘ng qaytariladi.

Test tartib-qoidalariga amal qilmaslik abituriyentning imtihon topshirish huquqidan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ruxsat etilgan buyumlarni oldindan tayyorlab qo‘ying va kerakli hujjatlarni unutmaslikka harakat qiling.