Abituriyentlar test o‘tkaziladigan kun va joyni internet orqali bilishlari mumkin


Xabaringiz bor, bu yilgi oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun test sinovlari 1-15 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Davlat test markazi internet tarmog‘i orqali test sinovlari o‘tkaziladigan kun, joy va vaqtni bilib olish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda Davlat test markazinining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vakili Muzaffar Abdullayev Karinform.uz saytiga ma’lum qildi.

Dtm.uz saytida testday.dtm.uz platformasi yaratildi. Ushbu platforma orqali oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan har bir abituriyent o‘zining shaxsiy pasport ma’lumotlarini kiritish orqali o‘zi hujjat topshirgan ixtisoslik bo‘yicha qaysi kuni, qay joyda va qaysi vaqt test sinovlari bo‘lib o‘tishini bilib olishi mumkin.

Markaz mutaxassisining ta’kidlashicha, ushbu amaliyotni 25 iyuldan boshlab amalda qo‘llash mumkin.