Abituriyentlar tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori hamda test topshiriqlari tafsilotlari


Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari uchun test topshiriqlari tuzish uchun “Umumta’lim fanlari mazmunining tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori hamda test topshiriqlari tafsilotlari" ishlab chiqildi.

Talablar kodifikatori va test topshiriqlarining tafsilotlari O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida amalda qo‘llashga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar asosida ishlab chiqilgan.

Talablar kodifikatorida tegishli fan bo‘yicha test sinovida tekshiriladigan fan mazmunining tarkibi hamda abituriyent tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Test topshiriqlarining tafsilotlarida tegishli fan mazmunining tarkibi, bo‘lim va talab kodlari hamda test topshiriqlarining murakkablik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan.

2018 yilda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun umumta’lim fanlari mazmunining tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori hamda test topshiriqlari tafsilotlari boshqa metodik nashrlar bilan bir qatorda abituriyentlarga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam berishga qaratilgan.

Talablar kodifikatori