Avvalroq 1-avgust natijalariga qaramay talabalik bahtiga erishgan 64 abituriyent haqida habar bergan edik. Shu masala yuzasida quyidagicha aniqlik kiritildi:
Davlat test markazi vakili bilan shu masala yuzasidan suhbatlashdim, deb habar beradi xushnudbek.uz. Uning ma’lum qilishicha, 68 balldan (maksimal ballning 30%i) kam to‘plagan abituriyentlar kvota doirasida boshqa raqobatchisi bo‘lmasa ham, talabalikka qabul qilinmas ekan. Avvallari, ya’ni testdagi javob variantlari 5 ta bo‘lgan paytda minimum ball 56 qilib belgilangan ekan, keyinchalik 4 ta variantli test tizimiga o‘tilgach, ushbu chiziq 68 ball qilib belgilanibdi.
Bunday qoida bironta rahbariy Nizomlarda belgilanmagan. Biroq har yili Davlat komissiyasining bayonnomasi bilan shunday minimum chiziq tasdiqlanar ekan.
Eng qiziq joyi, Davlat komissiyasining qarorlari xizmat doirasida foydalanish uchun chiqariladi va hech qayerda e’lon qilinmaydi. Shu sababli ham quyidagi maqolada “necha ball olishidan qat’i nazar" deb adashgan ekanman. Buning uchun uzr so‘rayman.
Ta’limdagi maxfiylik mana shunday tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.