2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tillarii imtihon sanalari e’lon qilindi


Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

Talabgorlar test sinovi uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar. Ro‘yxatdan o‘tishda ular o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlaydilar va tanlangan hududda testda ishtirok etadilar.

Test sanalari, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov muddatlari hamda tillar quyidagicha:

Sentabr

  • Ro‘yxatga olish: 30-avgustgacha

  • To‘lov qilish: 31-avgustgacha

  • Test sanalari: 13–14-sentabr

  • Tillar: ingliz, nemis, arab, turk

Oktabr

  • Ro‘yxatga olish: 4-oktabrgacha

  • To‘lov qilish: 5-oktabrgacha

  • Test sanalari: 18–19-oktabr

  • Tillar: ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, koreys (B2, C1), dariy (B2, C1), italyan (B2, C1), uyg‘ur (C1)

Noyabr

  • Ro‘yxatga olish: 1-noyabrgacha

  • To‘lov qilish: 2-noyabrgacha

  • Test sanalari: 15–16-noyabr

  • Tillar: ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1)

Dekabr

  • Ro‘yxatga olish: 29-noyabrgacha

  • To‘lov qilish: 30-noyabrgacha

  • Test sanalari: 13–14-dekabr

  • Tillar: ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1), hindiy (B2, C1)

To‘lov miqdori: 556 200 so‘m (bir yarim bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi).

Eslatma: Hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqib, test sanalari va tillarda o‘zgarish bo‘lishi mumkin.