Ona tili va adabiyot fanlari, ya’ni o‘zbek, qoraqalpoq va rus tili hamda adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 3-aprelga qadar davom etadi.
2026-yilning birinchi yarmida umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida tashkil etiladi.
Mazkur fanlar bo‘yicha arizalar 3-aprelga qadar qabul qilinadi. Imtihon to‘lovlarini amalga oshirish muddati esa 4-aprelgacha etib belgilangan. Test sinovlarini 25–26-aprel kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Talabgorlar my.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lib, imtihonda aynan shu hududda ishtirok etadilar.
Test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar, ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va imtihon sanalari haqidagi batafsil ma’lumotlar tegishli rasmda ko‘rsatilgan.
