O‘zMU rektori Qozonda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi


O‘zMU rektori Avazjon Marahimov Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universitetiga tashrif buyurdi.

Hamkorlik aloqalari, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashinuvi, yosh o‘qituvchilarning malaka oshirishi borasida qator masalalar muhokama qilingan mazkur tashrif doirasida Marahimov bugungi kunda Qozon Federal Universitetida tibbiyot va iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. 

Suhbat davomida QFU rektori Ilshat Gafurov O‘zbekistondan kelgan talabalar xorijiy davlatlar talabalari ichida eng tirishqoq, izlanuvchan, bilimga chanqoq ekanligini ta’kidladi. Ularni o‘z sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lishlariga ishonch bildirdi.

Marahimov suhbat yakunida o‘qishni tamomlagan har bir yosh O‘zMUga, albatta qaytishi va universitet ularni ish bilan ta’minlashini ta’kidladi.

Bugungi kunda QFUda 7500 nafar xorijiy davlat fuqarolari tahsil oladi. Ulardan 1500 nafari o‘zbekistonlik talabalar.

Manba: xabar.uz